Bugun 26 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston milliy jamoasining ikki yetakchisi mashg‘ulotlarga qaytdi

O‘zbekiston milliy jamoasining ikki yetakchisi mashg‘ulotlarga qaytdi

O‘zbekiston milliy jamoasi kecha, 21 martdan boshlab Eronga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi.

Temur Kapadze shogirdlarining «Jar» stadionida yopiq eshiklar ostida o‘tkazgan bugungi mashg‘ulotlarida Oston O‘runov va Sherzod Nasrullayev ham ishtirok etgan. Bu futbolchilar 20 mart kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘tgan o‘yinda qaydnomadan o‘rin olmagandi.

Avvalroq, futbolchilar jarohat sababli Qirg‘izistonga qarshi o‘yinga tayyor emasligini Temur Kapadze aytib o‘tgandi. Ularning Tehrondagi o‘yingacha qay daraja tayyor bo‘lishi hozircha ma’lum emas.

Kiritildi: 14:46 22.03.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!