Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston mart oyida 11 tonna oltin sotdi

O‘zbekiston mart oyida 11 tonna oltin sotdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025 yil mart oyida 11 tonna oltin sotdi. Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra , bu dunyo bo‘yicha oy davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Martda dunyodagi markaziy banklar tomonidan jami 35 tonna qimmatbaho metall xarid qilindi va 18 tonnalik sotuvlar amalga oshirildi.

Eng ko‘p oltinni Polsha (+16 t), Qozog‘iston (+11 t) va Xitoy (+3 t) sotib olgan bo‘lsa, O‘zbekiston (-11 t), Singapur (-5 t) va Qirg‘iziston (-2 t) eng ko‘p oltin sotgan davlatlar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotish bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisiga aylangandi. Yanvar yakunlariga ko‘ra esa O‘zbekiston Markaziy banki zaxiralarini 8 tonnaga oshirib, jahonda oltinning asosiy xaridori bo‘lgandi.


Kiritildi: 05:50 07.05.2025. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!