“Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yuksaltirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarida faol ishtirok etib kelayotgani uchun”, - deyiladi prezident farmonida.
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan – bosh murabbiy Temur Kapadze va 25 nafar jamoa a’zolari,
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan – O‘FA prezidenti birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatovni,
“Do‘stlik” ordeni bilan – 8 nafar terma jamoa murabbiylari va ularning yordamchilari mukofotlandi.
Shuningdek, yana 15 nafar jamoa xodimlariga ham turli mukofotlar berildi.