"New York Times" nashrida chop etilgan navbatdagi maqolada O‘zbekiston terma jamoasining futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatiga muddatidan oldin yo‘l olganiga e’tibor qaratildi.
"O‘zbekiston terma jamoasini bu yildan e’tiboran bosh murabbiy etib tayinlangan Timur Kapadze boshqarayotgani xabar qilingan. U futbolchi sifatida O‘zbekiston terma jamoasi safida 119 ta o‘yin o‘tkazgan. “O‘zbekiston 1991 yilda SSSR parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi hamda Rossiya va Ukrainadan keyin jahon chempionati finaliga chiqqan MDH hududidagi uchinchi mamlakat bo‘ldi”, – deb yozilgan “The New York Times” maqolasida.
Shuningdek, maqolada Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"da, Eldor Shomurodovning esa "Roma"da o‘ynashi ham ta’kidlangan.