Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Uni shuncha dardi bor ekan, bir necha oy avval aytishi kerak edi"

Tramp: "Uni shuncha dardi bor ekan, bir necha oy avval aytishi kerak edi"

AQSh prezidenti Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskning soliqlarni kamaytirish haqidagi qonun loyihasini tanqidini asossiz deb atadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va milliarder Ilon Mask o‘rtasidagi qarama-qarshilik avj olishda davom etmoqda. Mojaroga Tramp tomonidan ilgari surilgan va Mask tomonidan faol tanqid qilingan soliq imtiyozlari tashabbusi sabab bo‘ldi.

"Ilon men bilan rozi bo‘lmaslik huquqiga ega - menga farqi yo‘q, lekin u bu haqda bir necha oy oldin gapirishi kerak edi. Bu qonun loyihasi Kongressga kiritilgan eng yirik qonunlardan biri. Bu xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha rekord darajadagi 1,6 trillion dollarni va tarixdagi eng katta soliqni qisqartirishni ta’minlaydi", - deb yozdi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida Ilon Maskning bayonotlarini sharhlar ekan.

Oq uy rahbari, shuningdek, qonun loyihasi rad etilsa, soliqlar 68 foizga oshishi mumkinligi, uning fikricha, bu Amerika fuqarolari uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 12:45 06.06.2025. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!