Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasida O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan mahalliy muxlislarga yuzlandi.

Ruminiyalik mutaxassis muxlislarni terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

"Amirliklar uchun juda muhim kun va ajoyib kecha yaqinlashmoqda. Kelinglar, milliy jamoamiz bilan birga bo‘laylik, ularni qo‘llab-quvvatlaylik. Insha Alloh eng muhim o‘yinda g‘alabani qo‘lga kiritamiz", dedi 55 yoshli mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, BAA – O‘zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:50 02.06.2025. O'qildi: 7626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!