Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Futbolchilarimizni qanday qimmatbaho sovg‘alar kutayotgani ma’lum bo‘ldi

Futbolchilarimizni qanday qimmatbaho sovg‘alar kutayotgani ma’lum bo‘ldi

Birozdan so‘ng ulkan g‘alaba — O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy terma jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkentga qaytib keladi.

Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimizning xizmatlari munosib e’tirof etildi. Kechagi o‘yindan so‘ng davlatimiz rahbari birinchi bo‘lib ularga qo‘ng‘iroq qildi va tarixiy natija bilan tabrikladilar. Bugun esa futbolchilar va murabbiylardan bir guruhini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladilar.

Poytaxtimizda minglab yurtdoshlarimiz yigitlarimizni tantanali kutib olishga shay turibdi. Terma jamoa a’zolari sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovg‘asi - BYD avtomobillari topshiriladi.

Kiritildi: 16:23 06.06.2025. O'qildi: 1473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!