O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun 16:30 da Toshkent shahri aeroportining (mahalliy) 3-terminaliga yetib keladi.
Jamoamizni 10 iyun kuni Qatar terma jamoasiga qarshi guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvi kutib turibdi.
Aynan shu o‘yindan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolarini tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.