Hindiston shimoli-sharqida musson yomg‘irlari sabab bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 36 kishiga yetdi, 550 mingdan ortiq aholi jabr ko‘rdi.
Bu haqda Hindular gazeta xabar bermoqda.
29 maydan buyon tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir va suv toshqini oqibatida eng ko‘p qurbon bo‘lganlar Assam shtatida qayd etilgan bo‘lib, tabiiy ofatda 11 kishi, jumladan, 3 nafar askar halok bo‘lgan. O‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar haqida Arunachal-Pradesh, Megxalaya, Mizoram, Sikkim va Tripura shtatlaridan ham ma’lumotlar olingan.
Hududlarda 10 mingdan ortiq uy-joy vayron bo‘lgan, maktablar yopilgan, temir yo‘l va avtomobil kommunikasiyalari uzilib qolgan, aholini oziq-ovqat va birinchi zarur mahsulotlar bilan ta’minlash qiyinlashgan.
Qutqaruv ishlarida armiya bo‘linmalari va Harbiy havo kuchlari vertolyotlari faol ishtirok etmoqda. Sikkimda 1600 dan ortiq sayyohlar suv toshqini zonasidan evakuasiya qilindi, noqulay ob-havodan jabr ko‘rgan tumanlarning o‘n minglab aholisi vaqtinchalik lagerlarga joylashtirildi.