6 iyunga o‘tar kechasi Ukraina mudofaa kuchlari Rossiya Federasiyasi tomonidan ommaviy o‘qqa tutilishi boshlanishidan oldin Rossiya aviasiyasi joylashgan aerodromlarga profilaktik zarbalar berdi.
Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabiga tayanib, "RBK-Ukraina" xabar berdi.
Qayd etilishicha, operasiya natijasida strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan Saratov viloyatidagi Engels aerodromi, shuningdek, havo tankerlari va eskort qiruvchi samolyotlari uchadigan Ryazan viloyatidagi "Dyagilevo" aerodromiga zarba berilgan.
Saratov viloyatida yoqilg‘i-moylash materiallari bo‘lgan kamida uchta tankda bir nechta zarbalar tasdiqlandi, shundan so‘ng ob’ektda alangalanish va keng ko‘lamli yong‘in sodir bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar yong‘inni lokalizasiya qila olmadi, sezilarli darajada tutun kuzatilmoqda: "Nishonlangan hududda o‘nlab portlashlar qayd etilgan. Zarar natijalariga aniqlik kiritilmoqda", deyiladi xabarda.
Ukraina mudofaa kuchlari, shuningdek, Rossiya hududidagi bir qator ob’ektlarga, shuningdek, Ukrainaning Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi hududlariga zarbalar berdi.
Zarbalar harbiy infratuzilmaga qaratilgan va Ukraina tomoni bayonotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar tugamaguncha davom etadi.