Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston importining qariyb uchdan biri mashina va transport uskunalari hissasiga to‘g‘ri keldi

O‘zbekiston importining qariyb uchdan biri mashina va transport uskunalari hissasiga to‘g‘ri keldi



2026 yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston importi 34,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga to‘g‘ri kelgan – 11,3 milliard dollar yoki jami importning 32,6 foizi.

Qolgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha import hajmi:

sanoat tovarlari – 5,1 milliard dollar;
xizmatlar – 4,6 milliard dollar;
kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar – 4,2 milliard dollar;
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 3,7 milliard dollar;
mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash materiallar – 2,8 milliard dollar;
turli xil tayyor buyumlar – 1,2 milliard dollar;
yoqilg‘idan tashqari nooziq-ovqat xomashyosi – 1,1 milliard dollar.

Kiritildi: 17:17 26.10.2026. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!