Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston hamma bilan do‘st bo‘lishni istaydi, biz ham hamkorlikka tayyormiz – Marko Rubio

O‘zbekiston hamma bilan do‘st bo‘lishni istaydi, biz ham hamkorlikka tayyormiz – Marko Rubio

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga tashrifi doirasida Markaziy Osiyoda Xitoy ta’siri kuchayib borayotgani va Vashington mintaqa davlatlariga nimalar taklif qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh Markaziy Osiyoda boshqa davlatlar bilan raqobatlashishni istaydi, ammo bu raqobat adolatli bo‘lishi kerak.

«Biz bu yerga kelib, boshqa davlatlar bilan gaplashmang yoki hamkorlik qilmang, demoqchi emasmiz. Maqsadimiz – Amerika kompaniyalari uchun ham imkoniyatlar yaratish», – dedi Rubio.

Davlat kotibi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yildagi iqtisodiy o‘sishiga ham yuqori baho berdi.

«O‘zbekiston barcha bilan do‘st bo‘lishni, hamma bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatishni istashini ochiq aytgan. Biz ham bundan manfaatdormiz», – deya qo‘shimcha qildi u.

Rubioning ma’lum qilishicha, AQSh delegasiyasi bilan mintaqaga qariyb 300 ta Amerika kompaniyasi vakillari kelgan. Ularning ayrimlari allaqachon kelishuvlarga erishgan va bu haqda keyinroq e’lon qilinadi.

Kiritildi: 19:47 20.10.2026. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!