O‘zining navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bugun Yaponiyaga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.
Yunusobod sport majmuasida bo‘lib o‘tgan bahsda yaponlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
16.09.2025 yil, seshanba
O‘ZBEKISTON – YAPONIYa – 1:4
GOLLAR: 0:1 — Arai Yusei (4), 0:2 — Uchimura Shunta (8), 1:2 — Husniddin Nishonov (9), 1:3 — Uchimura Shunta (24), 1:4 — Arai Yusei (36)
OGOHLANTIRISHLAR: 18 — Akbar Usmonov, 19 — Uchimura Shunta, 35 — Ilhom Hamroyev