Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan u bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lgan eng yaxshi futbolchilarni aytishni so‘rashdi.
Braziliyalik ESPN nashri savoliga javob berar ekan, Anchelotti 7 nafar futbolchi - Ronaldo, Krishtianu Ronaldu, Kaka, Luka Modrich, Toni Kroos, Vinisius Junior va Didye Drogbaning ismini aytdi.
Karlo Anchelotti yozda Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi. Kelgusi yili italiyalik murabbiy qo‘l ostida "Selesao" jahon chempionatida ishtirok etadi. Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Braziliya terma jamoasi tarixda besh marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Oxirgi marta bu 2002 yilda sodir bo‘lgan.