Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston delegasiyasi Tanzaniyada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegasiyasi Tanzaniyada bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etadi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegasiya 5–9 oktyabr kunlari Arusha shahrida bo‘lib o‘tadigan Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasining 153-sessiyasida ishtirok etish uchun Tanzaniyaga tashrif buyuradi.

O‘zbekistonning nufuzli delegasiyasi tarkibidan senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rin oladi.

Sessiyaning asosiy mavzusi inklyuzivlik, ishonch va teng imkoniyatlar orqali yaxshi boshqaruvni mustahkamlash va jamoalarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ushbu sessiya doirasida Parlamentlararo Ittifoqning yangi prezidenti uch yillik muddatga saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil aprel oyida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegasiya Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 152-sessiyasida ishtirok etgan edi.

Kiritildi: 19:34 30.09.2026. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!