Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston banklarida firibgarlik operasiyalariga qarshi yangi talablar joriy etiladi

O‘zbekiston banklarida firibgarlik operasiyalariga qarshi yangi talablar joriy etiladi


Markaziy bank tomonidan frod operasiyalarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha yangi nizom loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat 9 oktyabrga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, bank va to‘lov tashkilotlarining antifrod tizimlari:
— 24/7 va real vaqt rejimida ishlaydi;
— operasiyalarni bir nechta mezon va skoring asosida baholaydi;
— xavf darajasiga qarab operasiyani amalga oshiradi, vaqtincha to‘xtatadi yoki rad etadi.

📲 Shubhali operasiya to‘xtatilsa yoki rad etilsa, mijoz darhol xabardor qilinadi.

Shuningdek, telefon firibgarligi va boshqa ijtimoiy muhandislik sxemalarini aniqlash, qo‘shimcha verifikasiya o‘tkazish hamda yangi firibgarlik usullari haqida moliya bozori ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish talablari belgilanmoqda.

📌 Yangi tartib hozircha nizom loyihasi darajasida.

Kiritildi: 12:55 01.10.2026. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!