Xalqaro Expat Insider tadqiqotiga ko‘ra, Ispaniya beshinchi yil ketma-ket boshqa mamlakatdan ko‘chib borib yashash uchun hayot sifati eng yuqori davlat deb topildi.
Ispaniyani nafaqat iqlimi va dengiz bo‘yidagi hayoti, balki tibbiyot, talim, infratuzilma, ishlash va Yevropa bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlari uchun ham tanlashadi.
Ispaniyada yashash uchun ruxsatnoma olishning variantlaridan biri — Digital Nomad ruxsatnomasi. U masofadan ishlaydigan va oyiga kamida 2 849 yevro daromadini tasdiqlay oladigan shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur ruxsatnoma Yevropa mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilish, tibbiyot va ta’lim xizmatlaridan foydalanish hamda xalqaro kompaniyalar bilan ishlash imkoniyatlarini berishi aytilgan. Ruxsatnoma dastlab uch yilga berilishi va uni butun oila uchun uzaytirish mumkinligi takidlangan.
Ispaniyada yashash ruxsatnomasini olish shartlari, zarur hujjatlar, soliqlar, mamlakatda 183 kun yashash qoidasi va ariza rad etilishiga olib keladigan xatolar haqida ReloSpain jamoasi 2026 yildagi migrasiya qoidalarini hisobga olgan qo‘llanma tayyorlagan.