Zelenskiy Putin bilan dizel yoqilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishish haqidagi Trampning qarori tufayli o‘zini "xiyonatga uchragan"dek his qilayotganini aytdi.
"Kuchli hamkorimizni yo‘qotayotganimiz achinarli" - dedi Zelenskiy Tramp haqida.
"Biz o‘z yurtimizni sotmayapmiz. Quloq solinglar, do‘stlar, biz uchun bu shunchaki biznes emas. Bu — hayotimiz", deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy britaniyalik boshlovchi Pirs Morgan bilan bo‘lgan intervyusida.
Shuningdek, Zelenskiy Ilon Maskni Starlink tizimining to‘liq ishlashini qayta tiklashga chaqirdi.
Piyers Morgan: Ilon Maskka Starlink masalasida nima degan bo‘lardingiz?
Zelenskiy: Bu katta xato.
Morgan: Uning qarori tufayli odamlar halok bo‘lyaptimi?
Zelenskiy: Albatta, odamlar halok bo‘ladi. Albatta — agar hujumlar davom etsa va Starlink ishlamasa. Mening murojaatim shuki: umid qilamanki, bu shunchaki xato. Balki "jiddiy texnik nosozlik"dir bilmayman — ammo men undan tizimni yoqishni so‘rayman. Va ishonchim komilki, bu to‘g‘ri ish bo‘ladi. Hamkorlik degani ham aynan shu.
Avvalroq, Ilon Mask Ukrainada Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi ishlashini sekinlashtirgani xabar qilingan edi.