Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonlik futbolchilar Turkiya chempionatida legioner hisoblanmasligi kutilmoqda

O‘zbekistonlik futbolchilar Turkiya chempionatida legioner hisoblanmasligi kutilmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘istonni o‘z ichiga olgan turkiy davlatlar futbolchilari Turkiya chempionatida legioner sifatida emas, balki turkiyalik futbolchilar maqomida o‘ynashi mumkin. Bu haqda Sports.kz TRT Haber nashriga tayanib xabar berdi.

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) rais o‘rinbosari Kyurshad Zorlu Turkiyaga keladigan turkiy dunyo vakillari bo‘lgan futbolchilarning maqomini o‘zgartirish bo‘yicha ish boshlanganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala Turkiya futbol federasiyasi prezidenti bilan ham muhokama qilingan.

«Bu shunchaki maqomni o‘zgartirish emas. Agar ushbu loyihani oxiriga yetkazsak, 200 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan turkiy dunyo hududidagi yosh iste’dodlarni kashf etish imkoniga ega bo‘lamiz. Biz ularni o‘z mamlakatlaridagi akademiyalar va yoshlar tizimida rivojlantiramiz. Bu orqali milliy terma jamoalarimizning Yevropa va jahon chempionatlari, shuningdek, boshqa xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilashga harakat qilamiz», — deya Zorluning so‘zlarini keltiradi nashr.

Ayni vaqtda Turkiya chempionatidagi Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev va Husniddin Aliqulov faoliyat yuritishmoqda.

Kiritildi: 12:00 14.10.2026. O'qildi: 606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!