Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekiston amputantlar jamoasi — Osiyo chempioni

O‘zbekiston amputantlar jamoasi — Osiyo chempioni

Bangladeshda futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Finalda O‘zbekiston Indoneziya bilan bahs yuritib, raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trikka erishgan bo‘lsa, Aziz Abdurahmonov dubl qayd etdi. Yana bir gol Qudrat Xudoyqulov hisobiga yozildi.

Shu tariqa O‘zbekiston qit’a chempionatidagi barcha o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa guruh bosqichida Indoneziya (8:1), Bangladesh (3:0), Nepal (13:0) va Iroqni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgandi.

3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Iroq mezbonlar ustidan 4:0 hisobida ustun kelib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 17:11 12.02.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!