Joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi 37,7 mln kishini tashkil etgan
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga ko‘paygan.
Shundan:
Ayollar soni – 18 mln 714,9 ming kishi;
Erkaklar soni – 18 mln 982,9 ming kishi;
Shahar joylarda – 19 mln 216,4 ming kishi;
Qishloq joylarda – 18 mln 481,4 ming kishi.
Avvalroq 1920 yildan beri (4,4 mln) O‘zbekistonda istiqomat qiluvchilar soni 33,1 mln kishiga ko‘paygani xabar qilingandi. O‘tgan yili noyabr oyida O‘zbekiston aholisining doimiy soni 37,5 milliondan oshib, 37 506 617 kishini tashkil etgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekiston aholisining soni 40 million kishiga yetishi kutilmoqda.
Bu esa Markaziy Osiyo aholisining yarmi bo‘ladi. So‘nggi 30 yil ichida O‘zbekiston aholisi 15 million kishiga ortgan, bu esa barqaror demografik dinamikani ko‘rsatadi. O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,3 yilni tashkil etadi.