Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Moskvadagi paradda qatnashadiganlar uchun ogohlantirish berdi

A A A
Evropa Ittifoqi Moskvadagi paradda qatnashadiganlar uchun ogohlantirish berdi

Evropa Ittifoqining oliy vakili Kaya Kallas nomzod davlatlarning 9 may kuni Moskvada o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtiroki juda salbiy baholanishini ma’lum qildi.

"Biz aniq va ravshan aytdik: Rossiya Yevropada keng ko‘lamli urush olib borayotgan bir paytda, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilayotgan bironta ham davlat 9 may paradida qatnashmasligi lozim," - dedi Kallas Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U Moskvadagi bayram tadbirlarida ishtirok etish Yevropa qadriyatlariga zid ekanligini va bunday harakatlar oqibatsiz qolmasligini ta’kidladi.

Shuningdek, Kallas Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va tashkilotlarini Kiyevga tez-tez tashrif buyurishga chaqirdi:

"Bu Ukrainaga birdamlik va qo‘llab-quvvatlashimizni ko‘rsatish uchun muhim. Biz doimo tashriflar uchun imkoniyat izlaymiz."

Avvalroq Latviya TIV rahbari Bayba Braje G‘arbiy Bolqondan nomzod davlatlarga allaqachon aniq signallar yuborilgani - Moskva paradida ishtirok etishdan tiyilish kerakligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 23:11 14.04.2025. O'qildi: 9072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!