Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Rossiya gaziga qaytishni xohlamoqda

Evropa Rossiya gaziga qaytishni xohlamoqda

Amerika suyultirilgan tabiiy gazi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiya gazining katta qismini almashtirish imkonini berdi. Biroq, Donald Tramp boshlab bergan savdo urushi AQShga nisbatan ham ishonchsizlik uyg‘otdi.

Evropa Ittifoqi rahbariyati hozirda AQSh bojlarining 90 kunlik to‘xtatilishidan foydalanib, suyultirilgan tabiiy gazni keng ko‘lamda sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi bo‘lsa-da, ayrim yirik Yevropa kompaniyalari, aksincha, Rossiya gazi bozoriga qaytish ehtimoli haqida gapira boshladi, deb xabar bermoqda Reuters.

"Agar Ukrainada oqilona tinchlik o‘rnatilsa, biz yiliga 60 milliard kubometr, ehtimol 70 milliard kubometr hajmidagi gaz oqimiga, shu jumladan suyultirilgan tabiiy gazga qaytishimiz mumkin," - dedi Fransiyaning Engie kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Dide Gollo nashrga bergan intervyusida.

Golloning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa Ittifoqi ehtiyojlarining taxminan 20-25 foizini qondira oladi, urushdan oldin esa bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etgan.

Kiritildi: 20:56 14.04.2025. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!