Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Qo‘mondonlik tarkibi yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi: Rossiya Sumiga zarba berganini tasdiqladi

"Qo‘mondonlik tarkibi yig‘ilishi" bo‘lib o‘tdi: Rossiya Sumiga zarba berganini tasdiqladi

Rossiya Mudofaa vazirligi 13 aprel kuni Sumi shahriga ikkita "Iskander-M" raketasi bilan zarba berilganini tasdiqladi.

Rossiya harbiy idorasining ta’kidlashicha, zarba Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlik tarkibining yig‘ilishi o‘tkazilayotgan joyga qaratilgan. Natijada 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Ukraina hukumati bayonotiga ko‘ra, Sumiga berilgan zarba oqibatida 34 kishi, shu jumladan ikki bola halok bo‘lgan. Kamida 119 kishi, ularning 15 nafari bolalar jarohatlangan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov yakshanba kuni Rossiyaning Ukrainaning Sumi shahriga raketa hujumini sharhlash so‘roviga javoban, harbiylar faqat harbiy va harbiyga aloqador nishonlargagina zarba berayotganini aytdi."Men faqatgina prezidentimiz va harbiy vakillarimizning bir necha bor aytgan gaplarini takrorlab, eslatib o‘tishim mumkin: bizning harbiylarimiz faqat harbiy va harbiyga aloqador nishonlargagina zarba berishmoqda," - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi Interfaks.

Kiritildi: 22:57 14.04.2025. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!