Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Saudiya Arabistoni chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldan tashqari maishiy muammolarga e’tibor qaratishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Marca nashrining yozishicha, 40 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan bir guruh noma’lum shaxslardan o‘zi va oilasiga qaratilgan tahdidli xabarlar olmoqda.

Bu guruh Krishtianu Ronalduning o‘zi va oilasi vakillarini o‘g‘rilab ketish va bu orqali pul undirishni maqsad qilgani aytilmoqda.

Krishtianu Ronaldu xavfsizlikn ta’minlash uchun portugaliyalik sobiq harbiy xizmatchi Migel Vyazni yolladi. Bu mutaxassis yuqori darajadagi xavfli harbiy va jangovar amaliyotlarda ishtirok etgan.

Migel yaqinda Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesga Parijda tashkil etilgan modalar namoyishi tadbirida ham hamkorlik qilgan edi. Uning fotograflarga qilgan qo‘pol munosabati ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Endi Migel Vyazga yanada mas’uliyatliroq vazifa topshirildi.

Kiritildi: 23:19 13.04.2025. O'qildi: 24826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!