Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp: Millionlab odamlar uch kishi tufayli halok bo‘ldi: birinchisi Putin, ikkinchisi...

Tramp:  Millionlab odamlar uch kishi tufayli halok bo‘ldi: birinchisi Putin, ikkinchisi...

"Ukrainada urushning boshlanishiga Putin, Bayden va Zelenskiy aybdor".

Qo‘shma Shtatlar yetakchisi bunday fikrni 14 aprel kuni Oq uyda Salvador prezidenti Nayib Bukele bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Millionlab odamlar uch kishi tufayli halok bo‘ldi: birinchisi Putin, ikkinchisi nima bo‘layotganini umuman tushunmagan Bayden, uchinchisi esa Zelenskiy;

◾️ Agar Bayden va Zelenskiy siyosiy qobiliyatga ega bo‘lganida edi, ular urushning boshlanishiga yo‘l qo‘yishmagan bo‘lardi. Bayden urushni to‘xtatishi mumkin edi, Zelenskiy ham uni to‘xtata olardi, Putin esa buni hech qachon boshlamasligi kerak edi;

◾️ Urushni boshlaganingizda, siz g‘alaba qozonishingiz mumkinligini bilishingiz kerak. Siz o‘zingizdan 20 barobar katta odam bilan urush boshlamaysiz va keyin boshqalar sizga raketalar beradi deb umid qilmaysiz;

◾️ Yaqin orada Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha “juda yaxshi takliflar” kutayapman, biz Ukraina va Rossiya muammosini hal qilamiz;

◾️ Men Putinga o‘t ochishni to‘xtatishi uchun muddat belgilab berdim;

◾️ Sumiga qilingan hujum sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llamayman. Men allaqachon Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilganman. “Shimoliy oqim” gaz quvurini eslang. Bu yirik loyihani men to‘xtatganman. Bayden esa, aksincha, bu loyihani ma’qullagan.

Kiritildi: 23:22 14.04.2025. O'qildi: 3263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!