Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin paradiga javob: Zelenskiy 9 may kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlarini Kiyevga taklif etmoqda

Putin paradiga javob: Zelenskiy 9 may kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlarini Kiyevga taklif etmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarini 9 may kuni - Moskvada an’anaviy ravishda harbiy parad o‘tkaziladigan kunda Kiyevga tashrif buyurishga chorladi.

Bu haqda Politico nashriyoti diplomatik doiralardagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, taklifnoma Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga tomonidan yetkazilgan. Maqsad - davom etayotgan urush sharoitida G‘arbning hamjihatligini namoyish etish va Kiyevdagi uchrashuvni Moskvadagi harbiy namoyishga qarama-qarshi qo‘yishdir.

Shuningdek, Zelenskiy Kiyevda "ishtiyoqmandlar koalisiyasi" deb atalgan guruh yetakchilarini qabul qilib, Rossiya bilan o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda Ukraina xavfsizligining kelajakdagi kafolatlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. AQSh bu tashabbusga kiritilmagan.

Ehtimoliy mehmonlar orasida Germaniyaning kelajakdagi kansleri Fridrix Mers ham bor. Yevropa Ittifoqining ikki vakili Politico nashriga ma’lum qilishicha, Yevropa yetakchilarining may oyi boshida Kiyevga tashrif buyurishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Shu bilan birga, Rossiya Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan Moskvada katta miqyosdagi harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kreml Isroil, Xitoy, Braziliya, Slovakiya va Serbiya rahbarlariga taklifnomalar yuborgan. AQSh va Yevropa Ittifoqining ko‘pchilik davlatlari ro‘yxatga kiritilmagan.

G‘arbiy Bolqon mamlakatlaridan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga nomzod davlatlarga ushbu paradda ishtirok etmaslik tavsiya qilingan.

Kiritildi: 20:04 14.04.2025. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!