Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi bolalikdagi ustoziga mashina sovg‘a qildi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi bolalikdagi ustoziga mashina sovg‘a qildi

Kuni kecha o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlagan murabbiy Temur Olimxo‘jayev shogirdlaridan biri hisoblangan Oston O‘runovdan ajoyib hadyani qabul qilib oldi.

"Futbol Ekspress" xabariga ko‘ra, milliy terma jamoaning yetakchilaridan biri Oston O‘runov o‘smirlik chog‘idagi ustoziga Cobalt avtomashinasini sovg‘a qilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi bolalikdagi ustoziga mashina sovg‘a qildi

Temur Olimxo‘jayev 1975–1979 yillarda "Paxtakor" futbol klubida to‘p tepgan. 1979 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, bolalar futboli murabbiyi sifatida ish boshlagan. 2002 yilda Viktor Borisov va Temur Olimxo‘jayev boshchiligida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tarixda ilk bor U-20 Jahon chempionatiga yo‘l olgan. Temur Turobovich 2016 yilda O‘zbekiston U-16 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etgan. Shuningdek, bir necha bor "Yilning eng yaxshi bolalar futboli murabbiyi" deb topilgan.

Kiritildi: 17:40 14.04.2025. O'qildi: 1332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!