Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston 8 oy mobaynida qancha olma eksport qilganini bilasizmi?

O‘zbekiston 8 oy mobaynida qancha olma eksport qilganini bilasizmi?

O‘zbekistonda olma yetishtirish va eksport salohiyati tobora ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida mamlakat 10 ta davlatga jami 22,6 ming tonna olma eksport qilgan.

Eksportning umumiy qiymati 11,6 million AQSh dollarini tashkil etgan. Asosiy xaridorlar qatoridan Rossiya (10 721 tonna) va Qozog‘iston (10 098 tonna) yetakchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga 1 275 tonna, Turkmaniston va Iroqqa esa 300 tonnadan ziyod olma yuborilgan.

Muttaxassislar fikricha, O‘zbekiston olma yetishtirishda Markaziy Osiyoda yetakchi davlatlardan biriga aylanmoqda. Tabiiy ta’m, yuqori sifat va raqobatbardosh narxlar tufayli milliy mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori bo‘lib qolmoqda.

Eksport hajmining oshishi nafaqat dehqonlar daromadini ko‘paytirmoqda, balki mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasining iqtisodiy ahamiyatini ham mustahkamlamoqda.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!