Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston 2030 yilga borib mis ishlab chiqarishni 500 ming tonnaga yetkazadi

O‘zbekiston 2030 yilga borib mis ishlab chiqarishni 500 ming tonnaga yetkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va investorlar bilan muloqotida sohani rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarga to‘xtaldi.

Xususan, bu yil uchinchi mis boyitish fabrikasi ishga tushirilgani, ushbu loyiha hisobidan mis ishlab chiqarish hajmi 300 ming tonnaga, 2030 yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkazilishi ta’kidlandi. Hozirda mamlakatda 47 million tonna mis zaxirasi mavjud.

Davlat rahbarining qayd etishicha, dunyoda 500 ming tonna mis ishlab chiqaradigan davlatlar sanoqli. O‘zbekistondagi mis va kritik minerallar zaxirasi, salohiyatli yoshlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar sohada 20 yilga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Kiritildi: 14:09 09.11.2026. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik