Bugun 21 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘z nomiga kredit olishni taqiqlaganlar soni 3 millionga yaqinlashdi

O‘z nomiga kredit olishni taqiqlaganlar soni 3 millionga yaqinlashdi



KATM ma’lumotlariga ko‘ra, 1 oktyabr holati bo‘yicha O‘zbekistonda 2 mln 841 mingdan ortiq fuqaro o‘ziga kredit olishni taqiqlab qo‘ygan.

Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 19 barobarga, yil boshidagi ko‘rsatkichdan esa 6,5 barobarga ko‘p.

Xizmatdan foydalanganlarning 58 foizi erkaklar, qolgani esa ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yosh kesimida esa 26 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lganlar xizmatdan eng ko‘p (jamining 30 foizi) foydalangan.

Eng kam foydalanganlar esa 56 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar bo‘lib, ularning jami ko‘rsatkichdagi ulushi 9 foizni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, kredit olishga taqiq qo‘yish xizmati 2025 yilning iyun oyida fuqarolarni ularning nomiga ruxsatsiz kredit rasmiylashtirilishi va firibgarlik holatlaridan himoya qilish maqsadida joriy etilgan.

Ushbu xizmatni KATM ilovasi va sayti hamda mygov orqali onlayn tarzda, shuningdek, barcha davlat xizmatlari markazlari orqali ham faollashtirish va o‘chirish mumkin.

Kiritildi: 18:32 20.10.2026. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!