Xitoyda yosh o‘qituvchi haddan tashqari ko‘p ishlash va 400 nafar o‘quvchiga ta’lim berish majburiyati tufayli o‘z xonasida vafot etdi.
South China Morning Post ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 30 yoshlardagi Li familiyali erkak 5 yil davomida Uxandagi boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilari uchun ingliz tili va matematika kurslarini taklif etuvchi ta’lim kompaniyasida faoliyat yuritgan
Gazeta yozishicha, o‘qituvchining qallig‘i u bilan bog‘lanishga muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng, u ertalab o‘z xonasida hushsiz holda topilgan, keyinroq esa yuragining to‘satdan to‘xtab qolishi natijasida vafot etgani aniqlangan. Ta’kidlanishicha, hozirda o‘qituvchining o‘limi ish bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlanmoqda.