Bugun 28 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ummon Eron va yetti arab davlatiga hujum qilmaslik shartnomasini tuzishni taklif etdi

Ummon Eron va yetti arab davlatiga hujum qilmaslik shartnomasini tuzishni taklif etdi

Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasida hujum qilmaslik paktini tuzish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda Ummon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Kembrij universitetidagi chiqishida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun sakkiz davlat ishtirokida yangi muloqot boshlash zarurligini bildirdi.

Tashabbus Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Iroq va Eronni qamrab oladi.

Al-Busaidiyning ta’kidlashicha, Eronni chetda qoldirgan holda Fors ko‘rfazida barqaror xavfsizlik tizimini yaratish imkonsiz.

Vazir mintaqada xavfsizlik masalalarining uzoq vaqt tashqi kuchlarga bog‘liq bo‘lib qolganini tanqid qildi. Uning fikricha, davlatlar o‘z xavfsizligi uchun asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi, tashqi hamkorlik esa ko‘proq iqtisodiyot va investisiyalarga yo‘naltirilishi kerak.

Shu munosabat bilan u 1976 yil noyabrda Maskatda o‘tkazilgan uchrashuvni esladi. O‘shanda sakkiz davlat tashqi ishlar vazirlari umumiy xavfsizlik tizimini muhokama qilgan, ammo tashabbus davom ettirilmagan.

Ummon ushbu muloqotni qayta tiklashni va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalarning xavfsiz harakatlanishini ham muhokama qilishni taklif etmoqda.

Al-Busaidiy Ummon va Eron o‘rtasida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovini tiklash bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv asoslari ishlab chiqilganini ham ma’lum qildi. Biroq uni amalga oshirish uchun Eron va AQSh o‘zaro murosaga kelishi zarur.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!