"Bir necha kun davomida Qo‘shma Shtatlarda Ukraina Bosh shtabi rahbari Andrey Gnatov bilan birgalikda prezident Donald Trampning vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan muzokaralar o‘tkazdik. Konstruktiv hamkorlik uchun ulardan minnatdorman", — dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov muzokaralardan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina jamoasining birinchi navbatdagi vazifasi amerikalik rasmiylarning Moskvadagi muzokaralari haqida ma’lumotlarni va Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha AQSh rejasi doirasidagi barcha dolzarb takliflarni olish bo‘lgan.
"Bugun Ukraina prezidentiga Qo‘shma Shtatlar rasmiylari bilan bo‘lgan muloqotning barcha jihatlari hamda hujjatlar haqida to‘liq ma’lumot beramiz. Juda jadal ishlayapmiz", — deya qo‘shimcha qildi Umerov.