Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Umar Bozorov — «Katta dubulg‘a» turniri chempioni

Umar Bozorov — «Katta dubulg‘a» turniri chempioni

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turniri yakuniga yetdi. Umar Bozorov (-90 kg) finalda g‘alaba qozonib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yagona oltin medalni yozib qo‘ydi.

Olimpiada va jahon chempionati sovrindorlari jam bo‘lgan mazkur vaznda yosh va umidli polvonlarimizdan biri o‘zining ajoyib ishtiroki bilan yaqqol ajralib turdi. Bozorov finalda fransiyalik Aleksis Metyudan ustun keldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki kun bahslarida -66 kg vazn toifasida vakillarimiz Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfullayev bronza medallari bilan taqdirlanishgan edi.

Kiritildi: 04:56 24.03.2025. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!