Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukrainaliklar Jahon chempionatini boykot qiladi

Ukrainaliklar Jahon chempionatini boykot qiladi

Ukraina dzyudo federasiyasi iyun oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechganini ma’lum qildi.

Ular bunga sabab qilib belaruslik sportchilarga milliy bayroqlarda ishtirok etish huquqi berilganini asos sifatida ko‘rsatishdi.

Avvalroq Belarus olimpiya qo‘mitasi 1 iyundan boshlab dzyudochilar mamlakat bayrog‘i ostidagi turnirlarda qatnasha olishini ma’lum qilgandi.

Shundan so‘ng Ukraina dzyudo federasiyasi xalqaro dzyudo federasiyasi bilan bog‘landi va ularga XOQning neytral maqom bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilish muhimligini eslatdi. Ya’ni belaruslarga berilgan ruxsat bo‘yicha o‘z shikoyatlarini kiritdi.

Bunga javoban xalqaro dzyudo federasiyasi sportni “devor emas, ko‘priklar qurish uchun muloqot, birlik va tushunish platformasi”ga aylantirmoqchi ekanligini aytdi.

Kiritildi: 17:02 29.05.2025. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!