“Ukrainada “to‘p yemi” tugamoqda. G‘arblik kuratorlar, masalan Kellog, ayollarni armiyaga chaqirishni boshlash kerak deb hisoblaydi. Shuningdek chaqiruv yoshini 20gacha tushirishni taklif qilmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti maslahatchisi Anton Kobyakov.
Shuningdek Kabyakov Ukrainada hozir 4 nafar vafot etgan fuqaroga bitta bola tug‘ilayotganini va mamlakat aholisi qayta tiklanish nuqtasidan o‘tganini ta’kidladi. "Endi faqat yo‘q bo‘lib ketish imkoni qoldi. Bu mamlakatni faqat Rossiya asrab qolishi mumkin", - dedi Kobyakov.