Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukrainada don eksportidagi muammo moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin

Ukrainada don eksportidagi muammo moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin

Financial Times nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning Qora dengiz orqali don eksportidagi muammolar mamlakat moliyasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Agar Ukraina portlari faoliyati tiklanmasa, 2026 yil iyunidan 2027 yil iyuniga qadar mamlakat kamida 8 milliard dollar eksport daromadidan ayrilishi mumkin. Bu o‘tgan yilgi umumiy eksport tushumining qariyb 20 foiziga teng.

Ukraina bu yil 64 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qilishni rejalashtirgan. Biroq portlar yopiq qolsa, mahsulotni avtomobil transportida tashish xarajatlari keskin oshadi va eksport hajmi sezilarli darajada kamayadi.

Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Taras Visoskiy portlar ochilmasa, rejalashtirilgan mahsulotning hatto yarmini eksport qilishning o‘zi omad bo‘lishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 21:15 05.10.2026. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!