Rossiyada benzin va aviasiya kerosini eksportiga vaqtinchalik to‘liq taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari va yirik energetika kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu cheklov ichki bozorni barqarorlashtirish hamda fuqarolar, korxonalar va ijtimoiy ahamiyatga molik tashkilotlarga yonilg‘ini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, Moskva xuddi shunday taqiqni dizel yonilg‘isi eksportiga ham joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.