Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Albaniya bosh vaziri Edi Rama 10 yillik hamkorlik va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
"Albaniya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri harbiy va gumanitar yordam ko‘rsatdi va kelishuvning butun o‘n yillik muddati davomida yordam berishda davom etadi. Albaniya ham jangchilar koalisiyasiga hissa qo‘shadi", - dedi Zelenskiy bayonotida.
Bitim matni allaqachon Ukraina prezidenti devoni saytida e’lon qilingan. Unda Albaniya Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligini qoralaydi va Ukrainaning 1991 yildan boshlab xalqaro tan olingan chegaralari, jumladan, hududiy dengizi doirasidagi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi.