Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi Shvesiyaga qarshi Jahon chempionati saralash o‘yini oldidan talonchilikka uchradi.
Bu haqda jurnalist va bloger Igor Burbas o‘zining YouTube kanalida ma’lum qildi.
Ukraina milliy futbol jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Shvesiyaga qarshi pley-off yarim final o‘yini oldidan o‘g‘rilar hujumiga duch kelgan.
Manbaga ko‘ra, o‘g‘rilar Ispaniyaning Benidorm shahridagi jamoa o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan mehmonxonaga bostirib kirishgan.
O‘yinchilar va murabbiylar shtabi qimmatbaho soatlar, bir necha ming yevrolik hashamatli buyumlar va naqd pul yo‘qolganini aniqlagan. O‘g‘irlik futbolchilar va milliy terma jamoa rasmiylari mehmonxona tashqarisida bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan.
O‘yin esa 26 mart kuni bo‘lib o‘tdi va Shvesiyaning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.