Urushni tugatish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarning yangi bosqichi 2026 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Bu haqda prezident devoni rahbari Kirill Budanov Kiyevdagi ES forumi doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks-Ukraina."
"Tayyorlanamiz. Oktyabr oyiga," - deb javob berdi Budanov muzokaralarning keyingi bosqichi haqidagi savolga.
Shuningdek, u uchrashuv aynan uch tomonlama formatda rejalashtirilayotganini tasdiqladi, biroq muzokaralar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy haqida izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda Ukraina, AQSh va Rossiyaning uch tomonlama uchrashuvi shu yilning kuzida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan edi. Zelenskiy dastlab sentyabr oyida Tramp bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, shundan so‘ng tomonlar uch tomonlama muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish ustida ishlashi kerak.