Shimoliy Reyn–Vestfaliyadagi Erkelens shahri yaqinida yengil samolyot halokatida uch kishi halok bo‘ldi.
Welt nashri xabar berishicha, bortda bo‘lgan hech kim tirik qolmagan.
Xaynsberg tuman polisiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Cessna samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 11:20 atrofida Erkelens-Gerderat shahri yaqinidagi dalada halokatga uchragan. Samolyot butunlay vayron bo‘lgan.
O‘lganlar va halokat holatlari haqida tafsilotlar hali e’lon qilinmagan. Hodisa sabablari bo‘yicha tergov boshlangan.