Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

151 nafar mansabdor lavozimidan olindi

151 nafar mansabdor lavozimidan olindi

Murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan olindi.

Prezident Xalq qabulxonalari ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlashdagi kamchiliklar yuzasidan davlat tashkilotlariga 5 486 ta hujjat kiritilgan.

Natijada:
🔹 151 nafar shaxs lavozimidan ozod etilgan;
🔹 833 nafar xodimga hayfsan berilgan;
🔹 150 nafar ma’muriy javobgarlikka tortilgan;
🔹 89 nafar jarimaga tortilgan;
🔹 8 nafarning lavozimi pasaytirilgan;
🔹 1 335 nafar rasman ogohlantirilgan.

Eng ko‘p kamchiliklar bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida aniqlangan.

Kiritildi: 20:50 14.09.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!