Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina nimaga majburlanmoqda?

Ukraina nimaga majburlanmoqda?

Trampning yangi tinchlik rejasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

ZN.UA ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari va YEIga tezlashtirilgan a’zo bo‘lish evaziga qator murosalar taklif etgan.

Rejaga muvofiq:

  • Qrim, LNR va DNR ustidan Rossiya nazoratini mustahkamlash taklif etilmoqda.

  • Donesk hududining 30% demilitarizasiya qilinadi.

  • Zaporojye va Xerson bo‘yicha front chizig‘i muzlatiladi.

  • Rossiya boshqa bosib olingan hududlardan qo‘shinlarini chiqaradi.

  • NATO kengayishi to‘xtaydi, Ukraina Alyansga taklif etilmaydi.

  • Ukraina armiyasi 800 minggacha cheklanadi.

  • Xavfsizlik kafolatlari beriladi, ammo ularning yuridik kuchi yo‘q.

  • Saylovlar kelishuvdan keyin «iloji boricha tez» tashkil etilishi talab qilinadi.

  • Zaporojye AES AQSh operatori tomonidan boshqariladi, energiyaning 50% Ukrainaga beriladi.

  • Ukraina 2027 yil 1 yanvar kuni YEIga a’zo bo‘lishi mumkin.

  • Rossiya aktivlari qisman yechilmakchi, mablag‘lar Ukraina tiklanishiga va AQSH–Rossiya loyihalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:49 11.12.2025. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!