Bugun 31 iyul, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina Lukashenkoga jinoiy ish qo‘zg‘atmoqchi

Ukraina Lukashenkoga jinoiy ish qo‘zg‘atmoqchi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy idorasi bosh prokurordan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Lukashenko 2022 yil fevral oyida Moskvaga Belarusdan Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uchun start maydoni sifatida foydalanishga ruxsat bergan edi”.

Ukraina prezidenti idorasi maktubda bu so‘rov surgundagi muxolif guruh — “Belarus demokratik kuchlari forumi”ning murojaatiga javob ekanini bildirdi. Mazkur forum may oyida Zelenskiyga maktub yo‘llab, Ukrainadan Lukashenkoni harbiy jinoyatlar, genosid va davlat terrori uchun javobgarlikka tortishga chaqirgandi. Shu munosabat bilan bosh prokurordan Lukashenkoga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish imkoniyatini ko‘rib chiqish so‘ralgan.

Forum Belarus prezidentini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida sheriklikda va kamida 2442 nafar ukrainalik bolani noqonuniy ravishda Belarusga olib o‘tganlikda aybladi. Mazkur holat Yel universitetining Gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasi tomonidan hujjatlashtirilgan. 2023 yilda Lukashenko Belarus urush tufayli jarohat olgan bolalarga yordam berish uchun Ukrainadan ularni vaqtincha qabul qilganini aytgan.

Hozircha Lukashenkoning Ukraina sudida javobgarlikka tortilishi ehtimoli past, ammo unga qarshi har qanday ayblovlar “Kiyev va Belarus muxolifati tomonidan G‘arbning unga nisbatan bosimini ushlab turish uchun dalil sifatida ishlatilishi mumkin”.

Kiritildi: 15:05 29.07.2026. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!