Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ukraina klubi harbiy xodimni urgan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi

Ukraina klubi harbiy xodimni urgan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi

Ukrainaning “Kolos” klubi o‘z futbolchisi Daniil Kolesnik bilan shartnomani bekor qildi. Bunga sportchining hududiy harbiy safarbarlik markazi xodimiga qo‘l ko‘targani aks etgan video sabab bo‘lgan. Bu haqda Ria Novosti nashti xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda harbiy kiyimdagi shaxslar bir erkakni majburan avtomobilga o‘tqazmoqchi bo‘layotgani, futbolchi esa uni himoya qilishga uringani ko‘ringan. Janjal davomida Kolesnik harbiylardan birining yuz qismiga musht tushirgan. Qizig‘i shundaki, sportchi ushbu mojaro videosini dastlab o‘zining sahifasiga joylagan, biroq shov-shuv ko‘tarilgach, uni o‘chirib tashlagan.

Klub rahbariyati mazkur holatga keskin munosabat bildirdi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, futbolchi darhol mashg‘ulotlardan chetlatilgan va o‘sha kunning o‘zidayoq “Kolos-2” jamoasi tarkibidan rasman haydalgan.

Ma’lumot uchun, Kolesnik joriy mavsumda klubning farm-jamoasi safida o‘ynayotgan edi. U jamoa tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: Bugun 11:59. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!