Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomonidan Rossiya hududiga uyushtirilayotgan hujumlarga Moskva yanada kuchli va keskin javob qaytarishini ma’lum qildi.
Putin bu haqda Butunrossiya Xalq fronti tadbirida so‘zlagan nutqida aytib, Rossiya qurolli kuchlari bunday hujumlarga «bir necha barobar kuchliroq» zarbalar bilan javob berishini ta’kidladi.
«Biz ham xuddi shunday javob beramiz, faqat bir necha barobar kuchliroq. Dushman buni his qiladi. Ular allaqachon his qilmoqda. Javoblarimiz tobora keng ko‘lamli bo‘ladi», — dedi Putin.
O‘tgan hafta Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammitida AQSh davlat kotibi Marko Rubio Ukraina tomonidan Rossiya hududiga, jumladan, yoqilg‘i-energetika ob’ektlariga berilgan zarbalar Moskva o‘z havo hududini himoya qilishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini ko‘rsatganini aytgan edi.
Shuningdek, AQSh prezidenti bunday holatni «urushning yakunlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli keskinlashuv» deb baholagan. Kreml esa Vashingtonning bu fikrini «xayol» deb atagan.