Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Ukraina duch kelgan vaziyat uchun biz javobgar emasmiz — Vengriya bosh vaziri

Ukraina duch kelgan vaziyat uchun biz javobgar emasmiz — Vengriya bosh vaziri

Viktor Orban X ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina prezidentiga yozgan maktubini e’lon qildi. Xatda u Zelenskiyni “Drujba” neft quvuri faoliyatini darhol tiklashga chaqirdi. Orban, shuningdek, Ukraina prezidentini Vengriyaga qarshi siyosat yuritishda aybladi.

"So‘nggi to‘rt yil davomida siz Vengriyani o‘z mamlakatingiz va Rossiya o‘rtasidagi urushga tortishga harakat qildingiz. Shu vaqt davomida Bryussel sizni qo‘llab-quvvatladi va Vengriya muxolifatining yordamiga erishdingiz", — deyiladi Orbanning maktubida.

Orbanning ta’kidlashicha, Zelenskiyning harakatlari Vengriya aholisi arzon energiya bilan ta’minlanishini xavf ostiga qo‘yadi.

"Vengriya xalqi Ukraina duch kelgan vaziyat uchun javobgar emas. Biz Ukraina xalqiga hamdardmiz, lekin urushda ishtirok etishni istamaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Vengriya bosh vaziri.

27 yanvardan boshlab “Drujba” neft quvuri orqali Vengriya va Slovakiyaga Rossiya nefti yetkazilishi to‘xtatilgandi. Kiyev rasmiylariga ko‘ra, quvurning Ukraina hududidagi bir qismi Rossiya zarbasi natijasida shikastlangan.

Kiritildi: 22:18 26.02.2026. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!