Belgorod shahrida tungi dron hujumidan so‘ng Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti hududida katta yong‘in boshlangan. Rossiya Telegram-kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ta’lim muassasasida dronlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilgan.
Universitetning rasmiy bayonotiga ko‘ra, uning mutaxassislari Rossiyaning “Milandr” mikroprosessorlari asosida yaratilgan BPLA uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini loyihalash bilan shug‘ullangan.
Ma’lumot uchun, 2026-yil yozida BGDTU uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan maxsus yozgi mashg‘ulotlar uchun maktab o‘quvchilarini qabul qilishni boshlagan.